Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning yordami Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumi natijalariga bog‘liq bo‘lmasligi kerak. Qo‘shma Shtatlar bir vaqtning o‘zida ham Ukrainaga, ham Isroilga yordam berishi mumkin.

AQSH davlat departamenti rasmiy vakili Daniel Sayzek “RBK-Ukraina”ga bergan intervyusida shu haqda gapirdi.

Foto: RBC

“Qarshi hujumga kelsak, Ukraina o‘z hududini qaytarib oldi va dengiz yo‘llarini ochdi. Bu muhim yutuq. Ukraina harbiylari juda dadil harakat qilishdi. AQSH hukumati qarshi hujum juda qiyin bo‘lganini, mudofaa har doim osonroq ekanligini tushunadi. Biroq AQSH hukumati Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi”, — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qarshi hujumdagi muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizliklar AQSHning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashiga ta’sir qilmaydi.

Hozirda Kongress prezident Jo Baydenning 61 milliard dollarlik yangi yordam paketini tasdiqlash haqidagi taklifini ko‘rib chiqmoqda. Daniel Sayzek mablag‘larni Ukrainaga taqdim etish muddatiga aniqlik kiritmadi, biroq bu yaqin kelajakda sodir bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »