Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning fikricha, G‘arb qurol yetkazib berishni ko‘paytirmasa, Ukraina uchun vaziyat yomonlashishi mumkin. Uning fikricha, Kiyev “og‘ir vaziyatda”.

“Yomon yangiliklarga tayyorlanishimiz kerak”, dedi Stoltenberg Germaniyaning Das Erste telekanaliga bergan intervyusida. Uning ta’kidlashicha, “mojarolar bosqichma-bosqich rivojlanmoqda”. “Ammo biz Ukrainani ham yomon, ham yaxshi kunlarda qo‘llab-quvvatlashimiz kerak”, — deya qo‘shimcha qildi NATO bosh kotibi.

Foto: Reuters

Yens Stoltenberg jurnalistning Ukraina Qurolli kuchlari bu vaziyatda qanday harakat qilishi kerakligi haqidagi savoliga javob bermadi. U “murakkab tezkor qarorlarni qabul qilish” Kiyev va Ukraina harbiy rahbariyati vakolatida ekanini ta’kidladi.

Ukraina yozdan beri keng ko‘lamli qarshi hujumni o‘tkazmoqda. Prezident Vladimir Zelenskiy Kiyev kutilgan natijaga erisha olmaganini tan oldi. Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy mojaro boshi berk ko‘chaga kirib qolganini aytib o‘tdi.

Oliy Radadagi “Xalq xizmatkori” fraksiyasi rahbari Devid Araxamiya Ukrainaning siyosiy va harbiy rahbariyati “juda yomon” muzokara pozitsiyasi tufayli jangovar harakatlarni davom ettirish tarafdori ekanini tan oldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »