Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish uchun har qachongidan ham yaqinroq ekanini aytdi.

Uning taʼkidlashicha, NATO davlatlari Ukrainaga zarur islohotlarni amalga oshirishda yordam berishda davom etadi, shundan so‘ng u alyansning to‘liq aʼzosi bo‘la oladi.

Foto: Reuters

“Ukrainaning kelajagi NATOda. Vilnyusdagi sammitda ittifoqchilar Ukrainaga Sovet epoxasidan NATO jihozlari va standartlariga o‘tish, shuningdek, harbiy hamkorlikni taʼminlashga doir ko‘p yillik dastur bo‘yicha kelishib oldilar. Ukraina endi NATOga har qachongidan ham yaqinroq va biz uni a’zolik yo‘lida zarur islohotlarni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”, — dedi Stoltenberg Vengriyaning Index nashriga bergan intervyusida.

Yens Stoltenberg Ukraina tomonining alyansga qo‘shilishi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun maxsus platforma – Ukraina—NATO kengashi yaratilganini ta’kidladi.

“Ittifoqchilar, shuningdek, a’zolik bo‘yicha harakatlar rejasini Ukrainaning NATOga qo‘shilish jarayonidan chiqarib tashlashga kelishib oldi, bu ikki bosqichli jarayonni bir bosqichga aylantirdi”, — dedi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »