Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi uzoq davom etishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Spiegel xabar berdi.

Foto: AP Photo

Stoltenberg tez orada tinchlikka erishish istagiga qaramay, agar Ukraina urushni to‘xtatsa, mamlakat yo‘q bo‘lib ketishini ta’kidladi. 

“Ko‘pchilik urushlar boshlangan paytdan ko‘ra ko‘proq davom etadi, shuning uchun biz Ukrainada uzoq davom etadigan urushga tayyor bo‘lishimiz kerak. Hammamiz imkon qadar tezroq tinchlikka erishilishini xohlaymiz.

Shu bilan birga, tan olishimiz kerakki, agar prezident Vladimir Zelenskiy va ukrainaliklar urushni to‘xtatsa, ularning mamlakati mavjud bo‘lmaydi. Agar prezident Vladimir Putin va Rossiya qurollarini tashlasa, tinchlik o‘rnatiladi”, — dedi NATO bosh kotibi.

Yens Stoltenberg Shimoliy Atlantika alyansi davlatlarining siyosati o‘zgarmasligi va ular Ukrainaga konflikt tugaguncha yordam berish niyatidaligini bir necha bor ta’kidlagan. 30 ga yaqin davlat Ukrainaga ikki tomonlama asosda xavfsizlik kafolatlarini berishga tayyor.

Tegishli kelishuvlar Ukrainaning NATOga qo‘shilishidan oldin vaqtinchalik yechim bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Ukraina prezidenti 2022-yil 30-sentabrda NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi. 11-iyul kuni blok davlatlari aʼzolik harakat rejasini amalga oshirishni bekor qilish orqali Ukrainaning NATOga aʼzo bo‘lish yo‘lini soddalashtirishga qaror qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »