Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

NATO davlatlari 2024-yilning fevral-mart oylarida Germaniya, Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlarida Sovuq urush davridan beri eng yirik qo‘shma mashg‘ulotlarni o‘tkazmoqchi. Bu haqda The Financial Times xabar berdi.

Foto: Reuters

“Qattiq himoyachi” mashg‘ulotlarida 500 dan 700 gacha jangovar havo parvozlari va 50 dan ortiq kemalar manyovrlari o‘tkaziladi. Ularda 41 000 dan ortiq askar ishtirok etishi kutilmoqda. Mashg’ulotlar ssenariysi NATO qo‘shinlari Rossiyaning alyans a’zolaridan biriga nisbatan agressiyasini qaytarayotganini ko‘rsatadi.

Simulyatsiya qilingan dushman Rossiya boshchiligidagi koalitsiyadir. Qo‘shinlar uchun yanada real ssenariylarni yaratish uchun mashqlarda haqiqiy geografik ma’lumotlardan foydalanish rejalashtirilmoqda.

Mashqlarda jami 32 davlat ishtirok etadi — 31tasi NATO aʼzosi va alyansga qo‘shilish uchun ariza bergan Shvetsiya.

“Qattiq himoyachi” mashqlari NATOning yangi o‘quv strategiyasining bir qismi bo‘lib, alyans yiliga bir emas, ikki marta yirik mashg‘ulotlar o‘tkazadi. NATO vakillariga ko'ra, bu mashg‘ulotlar bilan alyans Moskvaga harbiy amaliyotlar o‘tkazishga tayyorligini namoyish qilmoqchi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »