Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans mudofaa vazirlari bilan uchrashuv oldidan jurnalistlarga Ukrainadagi jang maydonidagi vaziyat og‘irligicha qolayotganini aytdi. Uning taʼkidlashicha, alyans Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi va Kiyevni muzokaraga undashni rejalashtirmaydi.

Stoltenberg aytishicha, Ukrainadagi harbiy mojaro qachon barham topishini aniq aytib bo‘lmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bilan qachon va qanday shartlar asosida muzokaraga kirishishni faqat Kiyev hal qilishi mumkin. Shu bilan birga NATO bosh kotibi Ukrainaga tegishli harbiy yordam Moskvani tinchlik muhokamasiga undashi mumkinligini ta’kidladi.

Foto: Reuters
“Vladimir Putinni muzokaraga ko‘ndirishning yagona yo‘li — Ukrainaning harbiy qudratini ko‘rsatish, shunda u jang maydonida g‘alaba qozona olmasligini tushunadi”, — dedi Stoltenberg.

Yig‘ilishda NATO mudofaa vazirlari suvosti infratuzilmani himoya qilishni kuchaytirish hamda NATOning Boltiq va Shimoliy dengizlardagi ishtirokini kuchaytirish masalalarini muhokama qiladi. Bunday chora-tadbirlar oktyabr oyi boshida Boltiq dengizida gaz quvuri va kabelga shikast yetkazilganidan keyin muhokama qilinmoqda. Shuningdek, yig‘ilish davomida Mudofaa vazirlari Ukrainadagi mavjud vaziyatni ham muhokama qiladi.

NATO mudofaa vazirlarining so‘nggi yig‘ilishi 11-12 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgandi. Tadbirning birinchi kunida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tashrif buyurgan. Keyin vazirlar Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy mojaro hamda Isroil va G‘azo sektori o‘rtasidagi urushni muhokama qilgandilar.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »