Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning aytishicha, Rossiya qish oldidan katta miqdordagi raketa zaxirasini to‘pladi. Uning ta’kidlashicha, Shimoliy Atlantika alyansi Rossiyani past baholamasligi kerak, chunki uning iqtisodiyoti urushga yo‘naltirilmoqda.

Foto: Reuters

“Rossiyaning Ukrainadagi maqsadlari o‘zgarmadi. Rossiya qish oldidan katta miqdordagi raketa zaxirasini to‘pladi. Va biz Ukrainani zulmat va sovuqda qoldirish maqsadida uning energetika tizimi va infratuzilmasiga hujum qilishning yangi urinishlarini ko‘ryapmiz”, — dedi  Stoltenberg Ukraina-NATO kengashining tashqi ishlar vazirlari darajasidagi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida. Uning nutqi NATO saytida chop etildi.

Yens Stoltenberg 27-noyabr kuni NATO tashqi ishlar vazirlarining Bryusseldagi uchrashuvi arafasida ham Rossiyaning kuchini to‘g‘ri baholash kerakligini aytgandi. Uning qayd etishicha, Ukrainaga NATO tomonidan harbiy yordam ko‘rsatilayotganiga qaramay, frontda hech qanday ijobiy o‘zgarish yo‘q.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »