Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov 2021 va 2022-yillardagi daromadlari va mulki to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni e’lon qildi. Bu haqda “Interfaks Ukraina”ga tayanib, “Korrespondent” xabar berdi.

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Umerovning daromadi 2022-yili 4 million 560 ming 529 grivnani (123 ming 532 dollar), bir yil avval esa deyarli 3,5 million grivnani (94 805 dollar) tashkil etgan. 2021-yilda Umerovning maoshi 491 714 grivnani (13 ming 319 dollar), qimmatli qog‘ozlar va korporativ huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazishdan olingan daromad 2 991 000 grivnani (81 ming 018 dollar), rafiqasining daromadi esa 3 284 948 grivnani (88 ming 980 dollar) tashkil qilgan.

2022-yilda mudofaa vaziri maoshi 433 453 grivna (11 ming 741 dollar) qimmatli qog‘ozlar va korporativ huquqlarni begonalashtirishdan olingan daromad 4 125 800 grivnani (111 ming 757 dollar) tashkil etgan, rafiqasi esa 1 704 568 grivna (46 ming 172 dollar) daromadini deklaratsiya qilgan.

Deklaratsiyaga ko‘ra, vazir Kiyevda (80,6 kvadrat metr) kvartirani ijaraga oladi, Kiyevdagi 95 kvadrat metr kvartira ro‘yxatga olingan, onasi Qrimning Baxchisaroy shahrida (196,7 kvadrat metr) uyga egalik qiladi va xotini AQSHda (137,4 kvadrat metr) kvartirani ijaraga oladi.
 
Umerov shuningdek, 2014-yilda ishlab chiqarilgan Hyundai Elantra va 2016-yilda ishlab chiqarilgan Ford Explorer’dan foydalanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »