Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina hukumati mudofaa vazirining yetti nafar o‘rinbosaridan olti nafarini, shuningdek, vazirlikning davlat kotibini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda xalq deputati Aleksey Goncharenko xabar berdi.

Foto: Rustem Umerov / Reuters

Vazir o‘rinbosarlaridan Anna Malyar (u frontdagi vaziyat haqida muntazam ravishda bayonotlar berib turgan), Vladimir Gavrilov, Vitaliy Deynega, Rostislav Zamlinskiy, Denis Sharapov va Andrey Shevchenko ishdan bo‘shatilgan. Mudofaa vazirligi davlat kotibi Konstantin Vashchenko ham ishdan olingan.

Goncharenko e’lon qilgan ro‘yxatda mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Pavlyuk haqida hech narsa aytilmagan. OAV u o‘z lavozimini saqlab qolganini yozmoqda.

  • Sentabr oyi boshida Vladimir Zelenskiy Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikovni ishdan bo‘shatgandi. Uning o‘rniga Davlat mulki jamg‘armasining sobiq rahbari, Oliy Rada deputati Rustem Umerov tayinlandi.
  • Reznikov deyarli ikki yil — 2021 yilning noyabridan boshlab Ukraina Mudofaa vazirligi rahbari lavozimida ishlagan. 2023-yil 5-sentabrda Oliy Rada uning iste’fosi uchun ovoz berdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »