Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dekabr oyi — yil sarhisob qilinadigan palla. Har qanday sohada bo‘lsin, yil yakunida eng yaxshilar aniqlanadi. Quyida yilning eng tomoshabop 10 ta multfilmini taqdim etamiz.

“Leo” (Leo)

Maktab hayoti sirlarga to‘la va bu faqat darsga taalluqli emas. Multfilmdagi bolalar juda omadli, chunki sinfxonaning burchagida deyarli 75 yildan beri yashab kelayotgan ajoyib maslahatchi bor. Uy vazifasi o‘quvchilar va qariya kaltakesakning hayotini qanday o‘zgartirganini bilmoqchimisiz? Unda albatta bu multfilmni ko‘ring.

“Ajoyib beshlik” (Five on a Treasure Island)

Hatto daydi itlar ham buyuk ishlarga qodir. Agar ular bo‘lmaganida katta spektaklni buzmoqchi bo‘lgan yomon odamlarni kim to‘xtatar edi? Qahramonlar jamoasi buyuk Yekaterinaning tiarasini topib, qaytarishi kerak. Sizningcha, ular bu vazifani uddalay oladimi?

“Elementar” (Elemental)

Bir vaqtlar dunyoda to‘rtta xalq yashagan, lekin kunlarning birida suv odami Ueyd go‘zal Emberning boshiga tushdi. Shu vaqtdan boshlab hammasi ostin-ustun bo‘lib ketdi.

“Aka-uka super Mariolar kinoda” ( The Super Mario Bros. Movie)

Mario o‘yini o‘ynash ajoyib, lekin uning mustaqil sarguzashtlarini kuzatish ham undan qolishmaydi. Shunday qilib, oilangizni yig‘ing va bu durdonani tomosha qiling. Bunday multfilmlar har yili ham chiqavermaydi.

“O‘rgimchak odam: Olamlar turi” (Spider-Man: Across the Spider-Verse)

Mayls Morales allaqachon o‘z koinotidan chiqqanga o‘xshaydi. Endi boshqa joylarga sayohat qilish vaqti keldi. Gven Steysi shaxsan siz uchun kelganida qanday qilib rad qilishingiz mumkin? Umuman olganda, o‘rgimchak odam yana yo‘lga chiqdi. Sizningcha, uning sayohati nima bilan tugaydi?

“Laylakning sayohati-2” (A Storkʼs Journey)

Sizningcha, chumchuq laylaklarning yetakchisiga aylanishi mumkinmi? Lekin Richard bunga chin dildan ishondi. Haqiqat baʼzida multfilmlarga ham kirib boradi. Endi u o‘zi sayohatga chiqishi va hatto qushlar to‘dasi o‘rtasidagi urushda qatnashishi kerak.

“Robotlar mamlakatidan qochish” (Boonie Bears: Guardian Code)

Bu ayiqlar hech qayerda kelisha olmaydi: sirkda ham, kosmosda ham. Aftidan robotlar mamlakati ham ular uchun mos kelmadi. Nima qilish kerak? Albatta, qochish kerak.

“Charli va fantastik to‘rtlik” (Heroes of the Golden Mask)

Imkoniyat berilsa, ko‘p odamlar o‘zgaradi. Kichkina o‘g‘ri Charli buning yaqqol dalilidir. O‘z egasiga aql bovar qilmaydigan kuchlar beradigan qadimiy niqob uni tanlaganida oldingi hayoti u uchun emasligini anglaydi. Yangisini boshlash vaqti keldi, lekin bu katta masʼuliyat va kuch talab qiladi.

“Poygachi ” (Rally Road Racers)

Butun dunyo sizga qarshi bo‘lsa, hayotda ildamlab ketish qiyin. Ji buni juda yaxshi tushunadi, ammo u mashhur poygachiga chaqiriq bilan chiqdi. Endi u mashina izlashi, uni professional haydashni o‘rganishi va g‘alaba qozonishi kerak. Ortga yo‘l yo‘q.

“Ninza toshbaqalar: mutant qirg‘in” (Teenage Mutant Ninja Turtles: Mutant Mayhem)

Bu toshbaqalar allaqachon mukammallikka intilishdan charchagan. Ularning orzusi oddiy yashash, lekin buni amalga oshishi dargumon. Axir dunyo mutantlar bosqinidan qutqarish kerak bo‘lgan qahramonlarga muhtoj. Ninza toshbaqalari bo‘lmasa, bu vazifani kim bajaradi?

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »