Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerika Qo‘shma Shtatlarining 44-prezidenti Barak Obama o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida 2023-yilda o‘ziga maʼqul kelgan kitoblar ro‘yxatini eʼlon qildi.

Foto: Getty Images

“Mana men sevib o‘qigan kitoblar. Agar siz bayram arafasidagi dam olish kunlarida o‘qish uchun kitob izlayotgan bo‘lsangiz, shu ro‘yxatdan tanlasangiz bo‘ladi. Iloji bo‘lsa, kitoblarni mustaqil kitob do‘konlaridan sotib oling, yoki mahalliy kutubxonadan oling”, — deydi Obama.

Sobiq prezidentning ro‘yxatidan quyidagi kitoblar joy olgan:

  • “Osmon, yer va oziq-ovqat do‘koni” (The Heaven & Earth Grocery Store), Jeyms Makbrayd;
  • “Manyak” (The Maniac), Benjamin Labatut;
  • “Amerikadagi qashshoqlik” (Poverty by America), Mentyu Desmond;
  • “Qanday qilib Bobil deyish mumkin” (How to say Babylon), Safiya Sinkler;
  • “Taklif: kema halokati, qo‘zg‘olon va qotillik haqidagi ertak” (The Wager), Devid Grann;
  • “Chiplar urushi” (Chip War), Kris Miller;
  • “Keng yovvoyi tabiat” (The Vaster Wilds), Lauren Groff;
  • “Inson tomonidan mumkin” (Humanly Possible), Sara Beykvell;
  • “Qirol: Hayot” (King: A Life), Jonatan Eig;
  • “Suv shartnomasi” (The Conenant of Water), Abraham Vergeze;
  • “Eng yaxshi aqllar” (The best Minds), Jonatan Rosen;
  • “Barcha gunohkorlar qon to‘kadi” (All the Sinners Bleed), Shona Kosbi;
  • “Shohlik, kuch va shon-sharaf” (The Kingdom, the Power and the Glory) Tim Alberta;
  • “Baʼzi odamlarni o‘ldirish kerak” (Some People need Killing), Patrisiya Yevangelista;
  • “Bu boshqa Eden” (This other Eden), Paul Harding.

Sobiq prezident keyinchalik sevimli musiqa va filmlari bilan bo‘lishishini ham taʼkidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »