Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Silk Avia aviakompaniyasining USA-751 reysi Termiz aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti (chang bo‘roni) tufayli Qarshi aerodromiga yo‘naltirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Uzbekistan Airports

Ma’lum qilinishicha, Toshkent—Termiz yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan reys ekipaji Termizdagi noqulay ob-havo sharoiti sabab Qarshidagi muqobil aerodromga yo‘l olishga qaror qilgan.

Samolyot Qarshi aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 10:51 da qo‘ngan. Yoqilg‘i to‘ldirilganidan so‘ng samolyot Termiz aeroportiga uchib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, 24-dekabr kuni kuchli chang bo‘roni sababli Buxoro aeroportida samolyotlarni qabul qilish cheklangandi. Shuningdek, Toshkent–Jidda yo‘nalishidagi parvoz 7 soatdan ko‘proqqa kechiktirilgani, Farg‘ona vodiysidagi ob-havo sharoiti tufayli qator reyslar Toshkentga ko‘chirilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »