Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kuchli chang bo‘roni sababli 24-dekabr kuni Buxoro aeroportida samolyotlarni qabul qilish cheklandi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Uzbekistan Airports matbuot xizmatining xabar qilishicha, noqulay ob-havo sharoiti — kuchli chang bo‘roni, ko‘rish masofasining 500 metrgacha pasayishi sababli Buxoro aeroportida soat 11:40 gacha samolyotlarni qabul qilishda vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.

Shu munosabat bilan Uzbekistan Airways ning Toshkent—Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha HY21 reysi mahalliy vaqt bilan soat 08:56 da Navoiy shahridagi muqobil aerodromga qo‘ndi. Yo‘lovchilar yer usti transportida Buxoroga yetkazilgan.

Shuningdek, 24-dekabrdagi HY285/286 reyslari o‘zgartirilgan jadval va yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • HY285 Navoiy—Istanbul, jo‘nash mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da.
  • HY286 Istanbul—Buxoro, jo‘nash mahalliy vaqt bilan soat 19:15 da, Buxoroga yetib kelish 23:25 da.
  • HY22 Buxoro—Toshkent, jo‘nash mahalliy vaqt bilan soat 00:01 da, Toshkentga yetib kelish soat 01:00 ga rejalashtirilmoqda.

24-dekabr kuni Buxorodan tashqari Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatining ba’zi tumanlarida ham chang-to‘zon kuzatildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »