Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda Salimboy nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev va “Saidaziz medgorodok” — Saidaziz Saidaliyev hamda boshqalarning qo‘yib yuborilgani aytilgan xabarlar tarqaldi. “Daryo” so‘roviga javoban Toshkent shahar IIBB axborot xizmati ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlarda aytilgan shaxslar qo‘yib yuborilmagan. Hozirda tergov ishlari davom ettirilmoqda, ularga qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasi o‘zgartirilmagan.

Dekabr oyining boshlarida Toshkent shahar IIBB poytaxtda huquq-tartibot idoralari tomonidan “ko‘cha bollari” va jinoiy guruhlarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha keng ko‘lamli reydlar o‘tkazilayotgani haqida xabar bergandi

2-dekabr kuni Toshkent shahrida “Saidaziz medgorodok” laqabi bilan tanilgan shaxs qo‘lga olingani ma'lum bo‘ldi. U atrofiga jismonan baquvvat shaxslarni to‘plab, qarzdorlik va boshqa muammolarni qonunni chetlab o‘tgan holda hal qilib berish bilan shug‘ullangan. 3-dekabr kuni esa huquq-tartibot idoralari xodimlari “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevni qo‘lga oldi

Ko‘p o‘tmay Toshkent shahrida profilaktik tadbir davomida Salimboy nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev ham ushlandi. 1950-yilda tug‘ilgan Abduvaliyev Salim Kirgizbayevich (248-modda 1-qismi, o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash) gumon qilinuvchi tarzida jalb etilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »