Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Navoiy viloyatida davom etayotgan “Dolzarb qirq kunlik” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida yana 10 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, tadbir doirasida huquq-tartibot organlari tomonidan “Mexrik” laqabi bilan tanilgan, 1991-yilda tug‘ilgan Mexriddin Allayorov, 1995-yilda tug‘ilgan Umid To‘rayev va ularning 8 nafar jinoiy sherigi qo‘lga olingan.

Ular o‘z atrofiga sportchi va jismonan baquvvat shaxslarni to‘plab, zo‘ravonlik, bezorilik, kuch ishlatish, firibgarlik va tahdid orqali pul mablag‘larini qonunga xilof rafishda qo‘lga kiritish bilan shug‘ullanib kelgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan sodir etgan xatti-harakatlari uchun Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan hamda qamoqqa olinib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Navoiy viloyati IIB mazkur shaxslardan jabrlangan yoki ularning jinoiy xatti-harakatlari to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lgan fuqarolardan viloyat IIBning 79-229-50-22, 79-229-50-23 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlarini so‘raydi. Maʼlumot taqdim etgan insonlarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Bundan oldin Toshkent shahrida “Saidaziz medgorodok”“Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan shaxslar va yana uch kishi qo‘lga olingandi. Shundan so‘ng yana 10 kishi juda ko‘p miqdorda tovlamachilikda ayblanib ushlandi, 6-dekabr kuni yana 10 kishi qo‘lga olingani xabar qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »