Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida Respublikaning boshqa hududlari singari o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida yana 5 kishi qamoqqa olindi.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Poytaxt IIBB matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, tadbir davomida o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlar davomida jinoyat sodir etganlikda gumonlanib quyidagi shaxslar ushlandi:

  • 1993-yilda tug‘ilgan O‘rinov Umidjon Baxtiyor o‘g‘li (Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
  • 1995-yilda tug‘ilgan Begmatov Asadullo Xolmat o‘g‘li (Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik).
  • 1987-yilda tug‘ilgan Sobirjonov Xasan Abdusamatovich (Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismi, bezorilik);
  • 1987- yilda tug‘ilgan Sobirjonov Xusan Abdusamatovich (Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismi, bezorilik).
  • 1990-yilda tug‘ilgan Jalilov Xasan Nazarovich (jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik).

Gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan. Tergov davom etmoqda.

“Agar Siz ushbu shaxslardan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Toshkent shahrida “Saidaziz medgorodok”“Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan shaxslar va yana uch kishi qo‘lga olingandi. Shundan so‘ng yana 10 kishi juda ko‘p miqdorda tovlamachilikda ayblanib ushlandi, 6-dekabr kuni yana 10 kishi qo‘lga olingani xabar qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »