Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro viloyatida kriminogen vaziyatga taʼsir qiluvchi 38 kishi maʼmuriy qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Buxoro IIB matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyatida ham Ichki ishlar boshqarmasi va uning hududiy organlari xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida sodir etilib fosh etilmasdan qolgan 22 ta jinoyatlar issiq izidan fosh etildi hamda qidiruvda bo‘lgan 31 kishi ushlandi.

Bundan tashqari tadbir davomida 1 ta odam o‘g‘irlash va bosqinchilik, 8 ta giyohvandlik hamda kuchli taʼsir qiluvchi psixotrop dori vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, 2 ta noqonuniy ov quroli saqlash hamda 9 ta boshqa turdagi jinoyatlar aniqlanib, mazkur jinoyatlarda gumon qilinuvchi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, mazkur shaxslarning 5 nafariga qamoqqa olish hamda 15 nafariga boshqa turdagi ehtiyot choralari qo‘llanildi.

Bundan tashqari, reyd tadbirlari davomida 98 nafar shaxs bilan manzilli profilaktik ishlar olib borilgan.

Hozirda keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlar davom ettirilib, noqonuniy harakatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligi taʼminlanmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »