Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyatida Respublikaning boshqa viloyatlari singari o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida 34 kishi qo‘lga olindi, deb xabar berdi viloyat IIBB matbuot xizmati.

Foto: Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati

Maxsus xizmat va huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 34 nafar jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olinib, ularning 11 nafariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 23 nafari ma’muriy tartibda qamoqqa olingan

Tadbir davomida ushbu va boshqa shaxslardan noqonuniy ravishda saqlab kelingan 13 dona pnevmatik va ov qurollari, o‘q-dori va elektroshoker, turli hajm va ko‘rinishdagi pichoq, kastet va bitalar olib qo‘yilgan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati
Foto: Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati
Foto: Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati

Giyohvandlikka qarshi kurash yo'nalishida 50 dan ortiq holatlar fosh etilib, 11 kilo giyohvandlik moddalari va 8 ming 703 dona psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari noqonuniy muomaladan olingan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati

Tezkor qidiruv tadbirlarida jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 64 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlangan, 2 nafar bedarak yo‘qolgan fuqaro topilib oilasiga qaytarilgan.

Hozirda maxsus-reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »