Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farzand xonadonga quvonch, baraka va ota-onaga cheksiz baxt olib keladi, deb bejiz aytishmaydi. Bu yil o‘zbek shou-biznesining ko‘plab vakillari ham bu baxtga erishishdi.

Asal Abdullayeva va Jahongir Xo‘jayev

Foto: Instagram

Juftlik yakunlanayotgan yilni katta quvonch bilan qarshilashgan. Boisi, 11-yanvar kuni qiz farzandli bo‘lishdi. Bu haqdagi xabarni juftlikning eng yaqin do‘stlaridan biri Diyorbek Bekjonov maʼlum qilgandi. “Yaqinda bola edik, ‘papasha’lar soni ortyapti, — deb do‘stlarini Instagram orqali muborakbod etgandi.



Raʼno Zokirova buvi b
o‘ldi

Foto: Instagram

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Raʼno Zokirova bu yil buvi bo‘lish baxtiga musharraf bo‘ldi. O‘tgan yili oila qurgan o‘g‘li Umid Zokirov o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Aslida uning o‘g‘li rejissor, kelini Dilbar Zokirova esa aktrisa. Raʼno Zokirova telenovellalarning birida kelini bilan uchrashib qoladi va uni o‘g‘li bilan tanishtiradi. Ijodkorlar oilasi hozirgi kunda Instagram tarmog‘idagi oilaviy vaynlari bilan ham mashhurlikka erishmoqda.

Maʼrifat Ortiqova 40 yoshida ona bo‘ldi

Teatr va kino aktrisasi Maʼrifat Ortiqova 39 yoshida o‘zi juftini topib oila qurgandi. Oradan roppa-rosa bir yil o‘tib, 3-iyun kuni u o‘g‘il farzand ko‘rganligini maʼlum qildi.

Foto: Instagram

— Bolajonimni uzoq kutganman, u oilamizga quvonch olib kirdi, — deydi aktrisa.

Shahlo Zoirova 4-bor ona bo‘ldi

Foto: Instagram

Tinib-tinchimas komik aktrisa Shahlo Zoirova bu yil to‘rtinchi farzandini dunyoga keltirdi. Endilikda uning uch o‘g‘il va bir qiz farzandlari bor. Uning o‘g‘li 17-iyul kuni Turkiyadagi mashhur klinikalarning birida dunyoga keldi.

Nigina Anorboyeva qizli bo‘ldi

Foto: Instagram

Bu yil ikkinchi bor oila qurganini maʼlum qilgan aktrisaga ona bo‘lish baxti ham nasib etdi. U 22-sentyabr kuni qiz farzandli bo‘lganini maʼlum qildi.

Shahzoda Muhammedova o‘g‘illi bo‘ldi

Foto: Instagram

Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova bu yil o‘g‘il farzandi bo‘ldi. U o‘g‘lini 1-dekabr kuni erta tongda dunyoga keltirdi. Qizalog‘i Milanani esa bundan roppa-rosa uch yil avval dunyoga keltirgandi. U Parijdagi sayohati davomi homilador ekanligini bilgani haqida quvonch bilan muxlislariga maʼlum qilgandi.

Azamat Ahrorov yana ota bo‘ldi

Foto: Instagram

Mashhur aktyor, rejissor Azamat Ahrorovning rafiqasi Dilnoza Ahrorova 21-oktyabr kuni uchinchi bor ona bo‘ldi. Juftlikning Azizmuhammad ismli o‘g‘li va Safiya ismli qizi bor edi. Hozir ular qatoriga yana bir shiringina o‘g‘ilcha qo‘shilgan.

Ganya Usmonova ham ikkinchi marta ona bo‘ldi

Foto: Instagram

Milliarder Alisher Usmonovning jiyani, instabloger Ganya Usmonova bu yil ikkinchi bor ona bo‘ladi. U qizi Mehrinurga shiringina singil sovg‘a qildi.

Malika Avazova egizak farzandli bo‘ldi

Foto: Instagram

Aktrisa to‘rt yildan buyon farzandli bo‘lishni rejalashtirardi. Uzoq kutilgan neʼmat oilaga bu yil nasib qildi. Eng quvonchlisi u egizak farzandlarni dunyoga keltirdi. O‘g‘illariga Muhammadamin va Muhammadali deb ism qo‘yishdi.

Bunyod Rahmatullayev ilk marta ota bo‘ldi 

Foto: Instagram


“Yig‘lamagin” va “Sehrli qalpoqcha” filmlaridagi obrazlari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan aktyor Bunyod Rahmatullayev 2023-yilning oktabr oyida otalik baxtiga sazovor bo‘ldi. 



“Ummon”chi Shoxrux ikki qizdan so‘ng o‘g‘illi bo‘ldi

Foto: Instagram


“Ummon” guruhi xonandasi Shohrux uchun 2023-yil quvonchli keldi. Xonanda ikki qiz farzandidan so‘ng o‘g‘illi bo‘ldi.



Xonzoda Qambarova uchinchi bor qiz farzandli bo‘ldi

Foto: Instagram

Aktrisa va instabloger Xonzoda Qambarova yakunlanayotgan yilda yana qiz farzandli bo‘ldi. Endi u uchta shiringina qizaloqning onasi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »