Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi mamlakatda xorijliklar uchun yangi qoida kuchga kirganini ma’lum qildi. Bu haqda “AKIpress” xabar berdi.

Foto: “AKIpress”

Qayd etilishicha, “daktiloskopiya va genomik ro‘yxatga olish” to‘g‘risidagi qonun qoidalari kuchga kirdi.  2024-yil 1-yanvardan boshlab o‘n olti yoshga to‘lgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan hollarda barmoq izlarini ro‘yxatdan o‘tkazishi shart. Ushbu tartib mamlakatga kirish uchun quyidagi hujjatlarni tayyorlashda majburiydir:

  1. Qozog‘istonda doimiy yashash uchun ruxsatnoma;
  2. Chet el fuqarosi uchun Qozog‘istonda yashash joyi uchun ruxsatnoma;
  3. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomalari;
  4. Vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomalar;
  5. Qozog‘iston Respublikasining vizalari (dastlab Qozog‘iston hududida olingan va uzaytirilgan);
  6. Boshpana izlovchining shaxsini aniqlash;
  7. Qochqinlar guvohnomalari;
  8. Qochqinning sayohat hujjati.

Mamlakatdan chiqarib yuborilishi yoki Qozog‘iston tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro readmissiya shartnomalariga taalluqli bo‘lgan shaxslar ham barmoq izlarini majburiy ro‘yxatdan o‘tkazishlari shart. Chet elliklar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar daktiloskopiyaga ro‘yxatdan o‘tishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatga, agar u mavjud bo‘lmasa, guvohnomaga ega bo‘lishi kerak.

TIVning taʼkidlashicha, barmoq izini majburiy ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortish Qozog‘iston Respublikasidan maʼmuriy chiqarib yuborish tarzidagi maʼmuriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Barmoq izini qayd etish yashash joyidagi migratsiya xizmati bo‘limlarida amalga oshiriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »