Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy hukumati 1-dekabrdan Yevropa Ittifoqining besh aʼzosi (Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Fransiya va Germaniya) va Malayziya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Ningga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: konkurent.ru

Ma’lum qilinishicha, ushbu davlatlar uchun vizasiz sayohat 2024-yilning 30-noyabriga qadar sinov asosida amal qiladi. 

“Xitoy odamlarning XXR va tashqi dunyo orasida harakatlanishini jadal rivojlantirish va yuqori darajadagi ochiqlikni saqlab qolish maqsadida bir tomonlama vizasiz rejim ko‘lamini kengaytirishga qaror qildi”, — deb tushuntirdi Mao Ning.

TIV rasmiy vakilining qo‘shimcha qilishicha, sanab o‘tilgan davlatlar vakillari oddiy pasportga ega bo‘lgan holda vizasiz Xitoyga xizmat va sayyohlik safarlarini amalga oshirishi, qarindoshlari va do‘stlari bilan uchrashishi mumkin bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »