Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qatar O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy qildi. Bu haqda mamlakat hukumatining elektron viza berishga mo‘ljallangan rasmiy portalida ma’lum qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, O‘zbekiston ushbu mamlakatga vizasiz kirish mumkin bo‘lgan 101 ta davlatlar qatoriga kiritilgan bo‘lib, Qatarga vizasiz kirishning bir qancha shartlari bor. Xususan, xorijga chiqish pasportining amal qilish muddati 6 oydan kam qolmasligi hamda tashrif buyuruvchida qaytish yoki boshqa davlatga chiqib ketish chiptasi bo‘lishi kerak.

Iyun oyida “Qatar fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilingandi. Farmonga asosan Qatar fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilangan.

Oktyabr boshida prezident Shavkat Mirziyoyev Qatarga tashrif buyurgandi. O‘zbekiston prezidenti va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad al Soniyning muzokaralaridan so‘ng ikki tomonlama qator hujjatlar imzolangan

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »