Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar bo‘yicha takliflarni izohlar ekan, “Rossiya tomonidan tinchlikka erishish yo‘lida hech qanday fundamental qadamlar ko‘rmayotganini” aytdi. Bu haqda u The Economist nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Zelenskiy tinchlik muzokaralari o‘rniga Rossiya Ukrainaning sharqi, janubi, shimoli va g‘arbidagi shaharlariga havo hujumlari amalga oshirayotganini bildirdi.

“Men faqat terrorchi davlatning qadamlarini ko‘rmoqdaman. Agar Rossiya, G‘arb OAVlari yozganiday, konfliktni muzlatish istagi haqida signallar yuborayotgan bo‘lsa, bu ularning solihligi uchun emas, balki ularda raketalar, o‘q-dorilar yoki jangovar tayyor qo‘shinlar yetarli emasligi uchundir. Ularga mana shu pauza kerak. Butun kuchini tiklash uchun. Keyin esa ular bor kuchi bilan mazkur urush sahifasini varaqlashadi”, — dedi Zelenskiy.

Uning fikricha, agar Ukraina mag‘lub bo‘lsa, Putin urushni G‘arb tomon yaqinlashtiradi.

“Putin o‘zini hayvon kabi zaif his qilmoqda, chunki u hayvon va agar g‘alaba qozongan taqdirda, u sizni butun Yevropa Ittifoqi, NATO, erkinlik va demokratiya bilan kechki ovqatga tanovvul qiladi”, — deya xulosa qildi Ukraina prezidenti.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »