Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush kamida besh yil davom etishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin shu yilning mart oyida Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Xitoy rahbari Si Szinpinga aytgan, deb xabar bermoqda Nikkei Asia.

Foto: “RIA Novosti”

Nashrning qayd etishicha, Putinning urush 5 yil davom etishi haqidagi so‘zlaridan so‘ng Xitoy o‘z strategiyasini qayta ko‘rib chiqdi. Uzoq davom etadigan urush Si Szinpinning Xitoy yetakchisi sifatida uchinchi muddatdagi ambitsiyalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Gap, xususan, Tayvanning anneksiya qilinishi haqida ketmoqda, deyiladi Nikkei Asia e’lon qilgan materialda.

Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi urush 2022-yil fevral oyida boshlangan. Joriy yilning iyun oyi boshidan Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujumga o‘tdi. Ukraina tomoni harbiy harakatlar Ukraina hududiy yaxlitligi tiklanmaguncha to‘xtamasligini ma’lum qilgan.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yevropa Ittifoqi tomonidan Ukrainaga yangi yordam paketi ajratilishi Rossiyaning “maxsus harbiy operatsiyasi”ga ta’sir ko‘rsata olmasligini aytib o‘tgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »