Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Grant Shepps Ukraina harbiy-havo kuchlarining kecha tunda Feodosiyada Rossiya harbiy kemasiga zarba bergani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin flotiga berilgan bu zarba Ukrainadagi urush boshi berk ko‘chaga kirib qolganiga ishonuvchilar yanglishayotganini ko‘rsatadi.

Foto; Google Images

“Ular so‘nggi to‘rt oy ichida Rossiyaning Qora dengizdagi flotining 20 foizi yo‘q qilinganini hali anglab yetmadilar”, — deb yozdi vazir X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

“Rossiyaning Qora dengizdagi hukmronligiga endi putur yetdi. Britaniya va Norvegiya boshchiligidagi yangi koalitsiya Ukrainaga dengizda g‘alaba qozonishiga yordam bermoqda”, — dedi Grant Shepps.

Avvalroq 26-dekabrga o‘tar kechasi Ukraina Qurolli kuchlari Feodosiya portiga hujum qilib, “Novocherkassk” yirik desant kemasini portlatib yuborgani haqida xabar berilgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »