Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buyuk Britaniya hukumati yoshlar o‘rtasida ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolarning kuchayishi fonida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Times gazetasi ma’lum qilgan.

“Bosh vazir Rishi Sunak bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga cheklovlar joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda, chunki vazirlar yoshlar orasida ruhiy salomatlik muammolari ko‘payib borayotganidan xavotirda. 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun barcha ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash — ko‘rib chiqilayotgan variantlardan biri”, — deyiladi nashrda chiqqan maqolada. 

Foto: Google Images

Shu bilan birga, hukumat foydalanuvchining tug‘ilgan sanasini majburiy tekshirishni va ota-ona nazoratini kuchaytirishni talab qiladigan texnologiyalarni joriy qilishni ham o‘rganmoqda.

Nashrning taʼkidlashicha, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha yangi meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish dastlabki bosqichda, hozirda vazirlar oldida ijtimoiy tarmoqlar va ruhiy salomatlikning yomonlashuvi o‘rtasidagi bog‘liqlikni yaxshiroq o‘rganish vazifasi turibdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »