Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buyuk Britaniya Norvegiya bilan dengizda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi koalitsiyaga rahbarlik qilishini e’lon qildi. Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Grant Shapps Kiyevga Qirollik dengiz flotining ikkita kemasi — Sandown sinfidagi mina izlash kemalari topshirilishni aytdi.

Foto: LA Photo
Yangi koalitsiya Ukrainaga uzoq muddatli yordam, jumladan, Qora dengizda xavfsizlikni mustahkamlash uchun tayyorgarlik, jihozlar va infratuzilmani taqdim etadi, — deyiladi Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi bayonotida.

Unga ko‘ra, uzoq muddat davomida koalitsiya Ukrainaga dengiz kuchlarini NATOga moslashtirishda yordam beradi.

Ta’kidlanishicha, koalitsiya Ukraina bilan Qora dengizga tezkor joylashishni o‘rgatish va dengiz piyodalarining qirg‘oqbo‘yi hududlarini himoya qilish uchun jangovar tayyorgarligini oshirish bo‘yicha hamkorlik qiladi. Tegishli kelishuvga Ukraina mudofaasi bo‘yicha aloqa guruhining noyabrdagi yig‘ilishida erishilgan.

Kiyev mina izlash kemalarini Buyuk Britaniyaning eksport-kredit agentligi ko‘magida sotib oladi. Transfer 11-dekabr kuni Grant Shapps tomonidan rasman e’lon qilinadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »