Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Taxminan 400 million dollar Buyuk Britaniya kafolati ostida Jahon banki (JB) trast fondi orqali Ukraina davlat budjetiga tushdi. Bu haqda Ukraina Moliya vazirligi saytida ma’lum qilindi.

Ukraina davlat budjetiga Buyuk Britaniyadan Jahon banki trast fondi orqali kafolatlangan 400 million dollarga yaqin mablag‘ tushdi. To‘plangan mablag‘lar “Ukrainada barqaror davlat boshqaruvini ta’minlash uchun davlat xarajatlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini qo‘shimcha moliyalashtirishga sarflanadi, deyiladi xabarda.

Foto: Google Images 

Mablag‘ pensiya to‘lovlarini qisman qoplash va tibbiyot xodimlarining ish haqini to‘lashga yo‘naltiriladi. “Kredit imtiyozli shartlarda beriladi, to‘lash muddati 5 yillik imtiyozli davr bilan 19 yilni tashkil etadi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

25-sentyabr kuni Ukraina Moliya vazirligi Britaniya kafolati ostida Jahon bankidan 100 million dollar olgani haqida xabar bergandi. Departamentning aniqlik kiritishicha, mablag‘lar 2023-yil iyul oyi uchun pensiya to‘lovlarini amalga oshirish uchun qilingan davlat budjeti xarajatlarini qisman qoplashga yo‘naltiriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »