Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqi Ukrainani xavfsizlik bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar bilan ta’minlash strategiyasini shakllantirdi.

Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqining Ukrainaning harbiy xarajatlari uchun to‘rt yil davomida 20 milliard yevro ajratish haqidagi dastlabki rejasi ittifoqqa a’zo davlatlar o‘rtasidagi kelishmovchilik tufayli bajarilmasligi mumkin, deb yozadi Bloomberg.

Bloomberg qo‘lga kiritgan Ukrainani uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash haqidagi hujjat loyihasida ukrainalik harbiylarni tayyorlash va mamlakat mudofaa sanoatini rivojlantirish uchun mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan. Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi davlatlari buni hafta oxirigacha yoki kelasi oy boshida muhokama qiladi.

Shu bilan birga, deb yozadi Bloomberg, yozda Ukraina qurolli kuchlari ehtiyojlarini qondirish uchun 20 milliard yevroga yaqin maxsus jamg‘arma yaratish tashabbusi “xavf ostida qolishi mumkin”. Agentlik suhbatdoshiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqiga aʼzo ayrim davlatlar, jumladan, Germaniya bu reja shartlariga rozi emas.

 
Foto: Google Images

Bundan tashqari, Bloomberg manbasining qayd etishicha, Ukrainani Yevropa Ittifoqi nomidan qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ ajratish Vengriya tomonidan bloklanmoqda. Unga ko‘ra, Budapesht Yevropa Ittifoqi avvalo Ukrainaga nisbatan umumiy strategiyani muhokama qilishi zarurligini ta’kidlamoqda.

Reuters ham noyabr oyi boshida Yevropa Ittifoqining Ukrainaga 20 milliard yevrolik harbiy yordam ajratish rejasi Germaniyada qarshilikka uchragani haqida xabar bergan edi.

Kelishmovchiliklar fonida Yevropa diplomatiyasi rahbari Josep Borrel Ukrainaga to‘rt yil davomida harbiy yordam sifatida 5 milliard yevro ajratishni taklif qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »