Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina kelajagi Yevropa Ittifoqi bilan bog‘liq. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Yevromaydon boshlanganining 10 yilligi munosabati bilan X ijtimoiy tarmog‘idagi postida yozgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2013—2014-yillarda Ukrainadagi voqealar butun Yevropani o‘zgartirib yubordi.

Foto: Reuters

“10 yillik qadr-qimmat. G‘urur. Ozodlik istagi. Yevromaydanning sovuq qish kechalari Yevropani butunlay o‘zgartirdi. Bugun bu har qachongidan ham aniq ko‘rinmoqda. Ukrainaning kelajagi Yevropa Ittifoqi bilan bog‘liq. Maydan kurashgan kelajak nihoyat boshlandi”, — dedi Ursula fon der Lyayen.

Yevromaydan deb nomlangan ommaviy, bir necha oy davom etgan norozilik namoyishi 2013-yil oxirida boshlangan va 2014-yilning bahorigacha davom etgan.

Kiyevdagi namoyishchilar chodirlardan shaharcha qurib, qator ma’muriy binolarni egallab olishdi. O‘sha paytda Ukraina prezidenti lavozimini egallab turgan Viktor Yanukovich va Vazirlar Mahkamasi deyarli to‘liq tarkibda mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »