Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa komissiyasi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketiga 47 nafar jismoniy va 72 ta yuridik shaxsni qo‘shishni taklif qildi. Bu haqda Reuters agentligi nomi oshkor etilmagan yevropalik diplomatlarga tayanib xabar berdi.

Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilganlar uchun Yevropa Ittifoqi hududiga kirish taqiqlanadi va ularning Yevropadagi aktivlari muzlatiladi.

 
Foto: Google Images

Reuters xabariga ko‘ra, 12-sanksiyalar to‘plami loyihasida Yevropa Ittifoqi Rossiyadan olmos va suyultirilgan neft gazini olib kirishni taqiqlashni, shuningdek, Rossiya neftiga narx chegarasini joriy qilishni kuchaytirishni taklif qilgan. Oxirgi chora yuk tashish kompaniyalaridan Rossiyaga qarashli neft yuklarini tashish va sug‘urtalash xarajatlarini batafsil bayon qilishni talab qiladi.

“Bu qarordan maqsad shuki, yuk tashish kompaniyalarining tankerda olib ketilayotgan neftning haqiqiy narxini yuk tashish va sug‘urta xarajatlari bilan birlashtirib yashirishiga yo‘l qo‘ymaslikdir”, — deya tushuntirdi Yevropa Ittifoqi diplomati.

Bundan tashqari, YK taklif etayotgan chora-tadbirlar Rossiyaga sotilmaydigan tovarlar ro‘yxatini kengaytiradi, chunki ular “Moskvaning urush harakatlariga yordam berishi mumkin”, deydi diplomat.

YI 17-noyabr kuni muhokama qiladigan yangi sanksiyalar paketi, shuningdek, “mamlakatning sanoat salohiyatini oshirishga qodir” tovarlar va texnologiyalarning Rossiya orqali tranzitini taqiqlashni ham o‘z ichiga oladi.

Avvalroq Polsha Rossiya olmoslariga nisbatan cheklovlar joriy etish va jismoniy va yuridik shaxslarning sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirishga chaqirgan edi. Litva Rossiyaga mixlar, yong‘oqlar, tikuv ignalari, naqshli ignalar va isitish radiatorlarini etkazib berishni taqiqlashni, Estoniya esa Rossiya Federatsiyasi bilan savdo-sotiqni to‘liq taqiqlash taklifini ilgari surdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »