Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qish arafasida Yevropa Komissiyasi Ukrainaga insonparvarlik yordami uchun qo‘shimcha 110 million yevro, jumladan Ukrainadagi gumanitar operatsiyalar uchun 100 million yevro va Moldovada ukrainalik qochqinlar uchun yana o‘n million yevro ajratishga qaror qildi. 

“Ushbu yangi moliyalash Yevropa Ittifoqining gumanitar sheriklariga oziq-ovqat, suv, boshpana, shuningdek, sog‘liqni saqlash va psixologik yordam kabi muhim xizmatlarni taqdim etishda yordam beradi”, — deyiladi hujjatda.

 
Foto: Google Images

Maʼlum qilinishicha, Yevropa Ittifoqidan Ukrainaga yetkazilgan umumiy gumanitar yordam shu tariqa 843 million yevroni tashkil qilgan.

12-noyabr kuni Germaniya hukumati Ukrainaga harbiy yordam uchun davlat budjetidan ajratilgan 4 milliard yevroga qo‘shimcha ravishda yana 4 milliard yevro ajratishga qaror qilgani xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »