Qatl etilishi mumkin: Afg‘onistonga borgan avstriyalik sayyoh josuslikda ayblanmoqda
“Tolibon” nazorat qilayotgan Afg‘oniston xavfsizligi va tinchligi haqida ijobiy fikr bildirish maqsadida may oyida Kobulga kelgan 84 yoshli Avstriya fuqarosi Herbert F. qatl etilishi mumkin.
Avstriyaning Hewitt jurnali Herbert F. 2023-yilning may oyida “Tolibon” hukmronligi davrida Afg‘onistondagi xavfsizlik va tinchlik haqida reportaj tayyorlash uchun borganida hibsga olingani haqida xabar berdi, hozir Herbert “Tolibon” qamoqxonalaridan birida “yomon sharoitda” saqlanmoqda.
Herbert Avstriya jurnallaridan birida “ ‘Tolibon’ bilan sayohat” sarlavhali maqolasini chop etganidan bir necha hafta o‘tib, hibsga olingan. “Tolibon” rasmiylari uni josuslikda ayblamoqda.
Bu maqolada u “Tolibon” hukmronligi ostidagi Afg‘onistondagi hayotga ijobiy munosabat bildirgan.
Herbert dunyoning xavfli joylariga sayohat qilishga qiziqadi. U 1980-yilda ham Afg‘onistonga safar qilgan va mamlakatning ayrim hududlarida bo‘lgan.
Sayyoh bir necha yil avval ISHIDga qarshi kurashayotgan Suriya shimolida yashovchi kurdlar bilan uchrashish uchun u yerga borgan.
Avstriyalikning oilasi uning bir qulog‘i eshitmasligini aytib, Avstriya hukumatidan uning qatl etilishiga yo‘l qo‘ymaslik va ozodlikka chiqarishga aralashishni so‘ramoqda.
Avvalroq Avstriya hukumati o‘z fuqarolarini Afg‘onistonga sayohat qilish xavfi haqida ogohlantirgan edi.