Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yevropa Ittifoqi tomonidan Ukrainaga yangi yordam paketi ajratilishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Avvalroq Financial Times gazetasida Yevropa Ittifoqi aʼzo davlatlar kafolatlari ostida qarz olib, Ukrainaga 20 milliard yevrolik yordam ajratish imkonini beruvchi mexanizmni ishlab chiqayotgani xabar qilingandi. 

Foto: “Kpiz.ru”

Peskovning ma’lum qilishicha, bu jarayon Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsata olmaydi.

“Yevropa Ittifoqi tomonidan Kiyevga yangi yordam paketining taqdim qilinishi Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyasiga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Rossiya uchun eng asosiysi — o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishishdir”, — dedi Peskov.

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar ichida faqat Vengriya Ukrainaga 50 milliard yevro miqdorida yordam ajratilishiga qarshi chiqqandi. Ammo YI davlatlari Vengriya qo‘ygan vetoni chetlab o‘tishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »