Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqi aʼzo davlatlar kafolatlari ostida qarz olib, Ukrainaga 20 milliard yevrolik yordam ajratish imkonini beruvchi mexanizmni ishlab chiqmoqda. Bu haqda Financial Times gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi. Ushbu mexanizmdan foydalanib, YI davlatlari Vengriyaning Ukrainaga 50 milliard yevro yordam ajratishga qo‘ygan vetosini chetlab o‘tishni rejalashtirmoqda.

Foto: Global Look Press

Nashr manbalariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi davlatlari umumiy budjet uchun moliyaviy kafolatlarni o‘z zimmasiga oladi. Bu Yevropa Komissiyasiga Ukrainaga yordam berish uchun kapital bozorlaridan zarur miqdorda qarz olish imkonini beradi. Shunga o‘xshash mexanizm koronavirus pandemiyasi davrida ittifoqqa a’zo mamlakatlarga yordam uchun 100 milliard yevro ajratishda ishlatilgan.

Bunday mexanizm Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha davlatlarning roziligini talab qilmaydi – qaror kredit reytingi yuqori bo‘lgan davlatlar tomonidan qabul qilinadi. Germaniya va Niderlandiya kabi mamlakatlarda buni amalga oshirishdan oldin parlament roziligini olish kerak.

Yana bir variant sifatida Yevropa Ittifoqi rasmiylari Ukrainaga arzon qisqa muddatli kreditlar berishni ko‘rib chiqmoqda. Ushbu sxema bo‘yicha Ukraina 2023-yilda allaqachon 18 milliard yevro olgan.

Shu bilan birga, gazeta manbalariga ko‘ra, YI davlatlari uchun Ukrainaga 50 milliard yevro miqdorida yordam berish bo‘yicha kelishib olish ustuvor vazifa hisoblanadi. Manbalarning aytishicha, Yevropa Ittifoqi rahbariyati Ukrainaga mart oyiga qadar yordam ko‘rsatishga va’da bergan.

15-dekabr kuni Yevropa Ittifoqi sammitida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Ukrainaga to‘rt yilga kredit va grantlar ko‘rinishida 50 milliard yevrolik yordam ko‘rsatishga veto qo‘ydi. Bu masalani muhokama qilish uchun Yevropa Ittifoqi davlatlari 2024-yil boshida favqulodda sammit o‘tkazadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »