Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropadagi bir qator rasmiylar Vengriyani Ukrainaga yangi yordam paketi bo‘yicha kelishuvda ovoz berish huquqidan mahrum etish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi Financial Times manbalarga tayanib.

Foto: AP Photo

Bu qadam 2007-yilgi Yevropa Ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomaning yettinchi moddasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, ushbu modda Yevropa qonunchiligi buzilishi munosabati bilan a’zo mamlakatni ovoz berish huquqidan mahrum qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, mazkur jarayonni YIning istalgan davlati bloklashi mumkin, biroq yaqinda o‘tkazilgan saylovlarda Polshada hokimiyatga liberal muxolifat kelganidan so‘ng, Vengriyaning Yevropa Ittifoqida “kafolatlangan himoyachisi qolmagan”, deb yozadi FT.

Nashr manbalarining qayd etishicha, Yevropa Ittifoqining ko‘plab davlatlari “YIning eng kuchli quroli ittifoqqa a’zo davlatga qarshi ishlatilishi” mumkinligidan xavotirda. Yevropa rasmiylari Ukrainaga yordam berish bo‘yicha kelishishdan bosh tortayotgan Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanga Yevropa Ittifoqidagi izolyatsiya “qanchaga tushishini” ko‘rsatib qo‘yib, uni ko‘ndirmoqchi.

Agar bu taktika ish bermasa, YIning qolgan davlatlari Vengriya ishtirokisiz Kiyevga alohida yordam berish bo‘yicha kelishuv tuzishi mumkin, ammo bu ko‘p vaqt talab etadi va “faqat vaqtinchalik yechim bo‘ladi”, deb yozadi FT.

“Balki Vengriya yanada ko‘proq muammolarni keltirib chiqarar yoki bizni boshqa usullardan foydalanishga majbur qilar. Ammo oxir-oqibat Vengriya Ukrainaga pul ajratishimizga to‘sqinlik qila olmaydi”, — dedi nashr bilan suhbatda Yevropaning yuqori martabali amaldori.

15-dekabr kuni Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Yevropa Ittifoqining Ukrainaga 50 milliard yevro miqdorida iqtisodiy yordam ajratish haqidagi qaroriga veto qo‘ydi. Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel Ukrainaga yordam ko‘rsatishga faqat Vengriya qarshi ekanini ta’kidladi. Ayni o‘sha sammitda Yevropa Kengashi Ukraina bilan Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga qaror qildi, bunga Orban bir necha bor qarshi chiqqandi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Germaniya kansleri Olaf Shols ovoz berish jarayonida Orbanni yig‘ilishni tark etishga ko‘ndirgan, bu esa Yevropa Ittifoqi rahbarlariga muzokaralarni boshlashga qaror qilish imkonini bergan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »