Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban nega a’zo davlatlarga Ukrainani Yevropa Ittifoqiga qabul qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga qaror qilishiga to‘sqinlik qilmaganini tushuntirdi. Unga ko‘ra, Vengriya bu jarayonni yana 75 marta to‘xtatish imkoniyatiga ega.

“Hal qiluvchi dalil shundan iborat ediki, Ukrainaning aʼzoligi bo‘yicha yakuniy so‘zni 27 ta parlament, shu jumladan, Vengriya parlamenti aytishi kerakligini hisobga olsak, Vengriya hech narsani yo‘qotmaydi. Shunday ekan, agar biz Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishini istamasak, Vengriya parlamenti unga qarshi ovoz beradi”, — dedi Orban Kossuth radiosi orqali.

Bosh vazir, shuningdek, bu masala juda uzoq davom etishini taʼkidladi, chunki u avvalo aʼzo mamlakatlar parlamentlariga yetib borishi kerak. “Vengriya hukumatida bu jarayonni to‘xtata oladigan taxminan 75 ta holat bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Foto: Korrespondent.net

Politico manbalariga ko‘ra, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar boshlanishini muhokama qilish chog‘ida Germaniya kansleri Olaf Shols Viktor Orbanga “tashqariga chiqib, qahva ichib kelish”ni taklif qilgan.

Nashr taʼkidlaganidek, Olaf Sholsning bu g‘oyasi Yevropa Ittifoqi va Ukraina o‘rtasida muzokaralarni boshlash bo‘yicha bir ovozdan qaror qabul qilishga imkon berdi. Bu qoida Yevropa Ittifoqi davlatlaridan biri vakili bo‘lmagan taqdirda ham, amal qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »