Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Yevropa Ittifoqining Ukrainaga 50 milliard yevro miqdorida iqtisodiy yordam ajratish qaroriga veto qo‘yganini ma’lum qildi.

Foto: AFP
“Tungi smena yakunlari: Ukraina uchun qo‘shimcha pulga veto, ko‘p yillik budjetni qayta ko‘rib chiqishga veto. Tegishli tayyorgarlikdan so‘ng kelasi yili YI sammitida bu masalaga qaytamiz”, — deb yozdi Orban X’da (sobiq Twitter).

YI davlatlari rahbarlari Ukrainaga yordam ko‘rsatishni Yevropa Ittifoqi budjet rejasiga kiritish bo‘yicha kelisha olmagani haqidagi xabarni Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel ham tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga faqat bir davlat qarshi chiqqan. Mishel qaysi davlat ekanini ochiqlamadi, lekin u YI bu masalani ko‘rib chiqishga keyingi yil boshida qaytishni qo‘shimcha qildi.

Ayni vaqtda, deb yozadi BBC News, Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte Yevropa Ittifoqi yetakchilari kelasi yili Ukrainaga uzoq muddatli yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishib olishiga ishonch bildirgan.

“Bizda hali vaqt bor, Ukrainaning puli yaqin bir necha haftada tugamaydi”, — dedi Ryutte.

Avvalroq Yevropa kengashi Ukraina bilan Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga qaror qilgani ma’lum bo‘lgandi. Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bunga bir necha bor qarshi chiqqan. U YI rahbarlarining muzokaralarni boshlash qarori uchun ovoz berish jarayonida qatnashmasdan, zaldan chiqib ketgan. Qarorni tasdiqlash uchun ittifoqqa a’zo barcha mamlakatlarning roziligi talab etiladi. 

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyida Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi sammiti chog‘ida ham Slovakiya va Vengriya Ukrainaga 50 milliard yevrolik yordam paketi ajratilishiga qarshi chiqqandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »