Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarni boshlash qarorida ishtirok etmaganini aytdi.

Foto: Reuters

Orbanning aytishicha, Yevropa Ittifoqi rahbarlarining uchrashuvi, jumladan, Ukraina bilan muzokaralarni boshlash masalasiga bag‘ishlangan uchrashuv deyarli sakkiz soat davom etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Budapesht Kiyev bu muzokaralarni boshlashga tayyor emas, degan pozitsiyada qoladi.

“Bunday sharoitda Ukraina bilan muzokaralarni boshlash mutlaqo bema’ni, mantiqsiz va noto‘g‘ri qaror. Vengriya esa o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmaydi”, — dedi u.

Orbanning ta’kidlashicha, qolgan 26 davlat muzokaralar boshlanishini ma’qullashni talab qilgan.

“Agar bu davlatlar shunday qaror qilgan bo‘lsa, Vengriya ham o‘z yo‘lidan borishga qaror qildi. Vengriya bu noto‘g‘ri qarorning bir qismi bo‘lishni istamaydi va shu sababli bugungi qarorda ishtirok etmadi”, — dedi Orban.

The Guardian nashri manbalarga tayanib yozishicha, Vengriya hukumati rahbari YI rahbarlarining pozitsiyasi bilan kelishma olmagani uchun sammitni tark etgan. Yevropa rasmiylari anonim tarzda “Yevropa haqiqati” va “Ozodlik” radiosiga Orban ovoz berish vaqtida majlisni ataylab tark etgani va Vengriya pozitsiyasini bildirish uchun o‘rniga hech kimni qoldirmaganini aytdi.

“Qonuniy jihatdan bu qoidalarga mutlaqo mos keladi. Ha, biz Orbanning ishtirokisiz qaror qildik, lekin uning orqasidan emas. U ushbu qarorga ovoz berilishini bilib turib zalni tark etdi”, — dedi “Yevropa haqiqati”ga Yevropa kengashi prezidenti jamoasi vakili.

Ukraina Rossiya qo‘shinlarining keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan so‘ng darhol Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun ariza bergandi. 14-dekabr kuni YI davlatlari yetakchilari Ukraina va Moldova bilan Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni boshlash, shuningdek, Gruziyaga YI a’zoligiga nomzod maqomini berish haqida qaror qabul qildi.

Yevropa Ittifoqini kengaytirish qarori aʼzo davlatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullanishi kerak. Budapesht Kiyev bilan muzokaralarni boshlash qarorini bloklash bilan tahdid qilgan. Vengriya hukumati rahbari Viktor Orban Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Yevropadagi eng yaqin ittifoqchisi sanaladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »