Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Budapesht Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qabul qilinishiga qarshi chiqadi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Fransiyaning Le Point jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Foto: Facebook
“Ukraina dunyodagi eng korrupsiyalashgan mamlakatlardan biri”, — deb ta’kidladi Orban va bu uning Yevropa Ittifoqiga hozircha qabul qilina olmasligiga sabablardan biri ekanini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Orbanning fikricha, Kiyevning hamjamiyatga a’zoligi masalasida iqtisodiy holat ham hisobga olinishi kerak:

“Ukraina muhim qishloq xo‘jaligi sektoriga ega yirik davlat. Agar ushbu qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining Yevropa tizimiga kirishiga ruxsat berilsa, u tizimni yo‘q qiladi”.

Bosh vazir, shuningdek, Vengriya aholisining to‘rtdan uch qismi Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar boshlanishiga qarshi ekanini ta’kidladi. 

Ushbu muzokaralar o‘rniga Orban “strategik sheriklik” siyosatini taklif qildi.

“Agar avval Ukrainaning YIga yaqinlashishiga erishsak, bir necha yildan keyin bu masalaga qaytamiz”, — dedi Vengriya hukumati rahbari. 

Orban YI sammitidagi muvaffaqiyatsizlik bilan tahdid qilmoqda 

Oldinroq Orban, agar Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel Ukrainaning YIga kirishi bo‘yicha muzokaralarni boshlash masalasini kun tartibidan olib tashlamasa, YIning dekabrdagi sammiti muvaffaqiyatsiz yakunlanishi mumkinligini aytgandi. Muzokaralar o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Yevropa Ittifoqining barcha 27 davlati rahbarlari tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi kerak. 

Yevropa diplomatlariga ko‘ra, Orbanning Ukrainaga nisbatan keskin pozitsiyasi Vengriyaning Yevrokomissiya tomonidan mamlakatdagi qonun ustuvorligi bilan bog‘liq muammolar tufayli bloklangan ko‘p milliardlik subsidiyalar to‘lanishini ta’minlash uchun YIga bosimni kuchaytirish istagi bilan izohlanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »