Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Mudofaa vazirligi 2024-yildan boshlab Fransiyada Ukraina armiyasiga o‘q-dorilar va artilleriya yetkazib berishni ta’minlaydigan “artilleriya koalitsiyasi” ishlay boshlashini ma’lum qildi.

Vazirlikka ko‘ra, hozircha koalitsiyaga faqat Fransiya qo‘shilgan, biroq kelajakda Ukrainaning boshqa ittifoqdosh davlatlari ham unga qo‘shilishi mumkin. Koalitsiya doirasida Ukraina Mudofaa vazirligi qo‘shimcha Caesar o‘ziyurar artilleriya qurilmalari va ular uchun o‘q-dorilar olishni, shuningdek, ularni boshqarishga sun’iy intellektni joriy qilishni rejalashtirmoqda.

Koalitsiya tuzish to‘g‘risidagi kelishuvga Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Ivan Gavrilyuk va Fransiya Senati delegatsiyasi o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida erishilgan.

Foto: Google Images

Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi boshqa xalqaro koalitsiyalar orasida may oyida Kiyevga F-16 samolyotlarini sotib olish va yetkazib berish uchun tuzilgan “qiruvchi samolyotlar koalitsiya”si ham bor. Shuningdek, joriy yilning dekabr oyida Buyuk Britaniya Ukrainaga dengizda harakatlanish qobiliyatini mustahkamlashga yordam beradigan “dengiz bo‘yicha koalitsiya” tuzish ustida ish boshlanganini e’lon qilgandi.

Koalitsiya Qora dengizda xavfsizlikni mustahkamlash uchun Kiyevni kemalar, transport vositalari va jihozlar bilan ta’minlashga mas’ul bo‘ladi. Germaniya, o‘z navbatida, Kiyevga “tank koalitsiyasida” yordam bermoqchi: uning vazifalariga Ukraina Qurolli kuchlarini G‘arb tanklari bilan ta’minlash va ularni ta’mirlash kiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »