Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso “Pravda” gazetasiga bergan intervyusida Ukrainaga dunyodagi barcha qurol-yarog‘ va pul berilgan taqdirda ham u Rossiyani harbiy jihatdan mag‘lub eta olmasligini aytdi. Bosh vazir mojaroni harbiy yo‘l bilan hal etish mumkinligiga ishonmasligini taʼkidladi va yana bir bor Slovakiya Ukrainaga qurol yetkazib bermasligini aytdi.

“Biz Ukrainaga harbiy emas, balki gumanitar yordam ko‘rsatish orqali yordam berishga tayyormiz. Ukrainada vaziyatni harbiy yo‘l bilan o‘zgartirish uchun yetarli kuchlar yo‘q va u hech qanday qarshi hujumga qodir emas. 2024-yilga kelib Rossiya bu mojaroni hal qilish uchun o‘z shartlarini qo‘ya boshlashini ko‘rasiz”, — dedi Fitso.
Foto: Reuters

Robert Fitso oktyabr oyi boshida hukumat tepasiga keldi. U Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan Yevropa Ittifoqi fondidan Ukrainaga 50 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratilishiga qarshi chiqdi. Oqibatda Ukrainaga yordam ajratish bo‘yicha kelishuv amalga oshmadi.

Noyabr oyi boshida Slovakiya hukumati Kiyevga avvalgi vazirlar mahkamasi tomonidan ma’qullangan 40,3 million yevro miqdoridagi harbiy yordam o‘tkazilishiga ham to‘sqinlik qilgan edi. Slovakiya hukumati ham Ukrainaning Yevropa Ittifoqi va NATOga kirishiga qarshi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »