Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov xorijda yashovchi 25 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar Ukraina Qurolli kuchlarining chaqiruv punktlariga kelishini ma’lum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: Depositphotos


Mudofaa vaziri ular safarbarlik punktlariga “taklif qilinishini” qayd etdi. Harbiy xizmatdan bo‘yin tovlaganlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llanadi.

“Agar ular o‘z ixtiyori bilan kelmasa, nima bo‘lishini hali ham muhokama qilmoqdamiz”, — dedi Ukraina mudofaa vaziri. 

Ukraina qo‘mondonligi Rossiya hujumini qaytarish uchun 450 mingdan 500 minggacha askarni safarbar qilishni so‘ragan. Biroq mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy buni “nozik masala” deb atagan va dalillar keltirishni talab qilgan.

Umerov bu masalada adolat muhimligini ta’kidladi. Safarbarlikka jalb qilinganlar qanday tayyorgarlikdan o‘tishi va jihozlanishi, qayerda va qachon xizmat qilishlari, qachon demobilizatsiya qilinishi oldindan aniq bo‘lishi kerak.

“Taqiqlarga qaramay, ko‘plab ukrainalik erkaklar harbiy xizmatga chaqirilmaslik uchun xorijga qochib ketishgan”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »