Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu mamlakat armiyasi tarkibida Ukrainaga qarshi jang qilayotganlar qancha maosh olishini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Getty Images


Ma’lum qilinishicha, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar, ko‘ngillilar va safarbar etilganlar oyiga 210 ming rubl va undan ko‘p maosh oladi. Ukraina qurollari va harbiy texnikasini yo‘q qilish yoki tortib olish uchun to‘lov amalga oshiriladi.

“Barcha to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanadi. To‘lovlar masalasi alohida nazoratga olingan, agar berilmagani aniqlansa, zudlik bilan choralar ko‘riladi”, — dedi Rossiya mudofaa vaziri.

Shuningdek, 2023-yilda Rossiya qo‘shinlariga 490 mingga yaqin shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar va ko‘ngillilar jalb qilingani, 4 mingdan ortiq talaba “o‘z tashabbusi bilan” frontga jo‘nagani va chet ellik ko‘ngillilar soni yetti baravar ko‘payganini aytdi.

Rossiya mudofaa vaziri urushda Ukraina 383 ming harbiysini yo‘qotganini aytdi, biroq Rossiyaning yo‘qotishlari sonini ochiqlamadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »