Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Senati Ukraina va Isroilga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish, shuningdek, mamlakat janubiy chegarasida xavfsizlikni kuchaytirish bilan bog‘liq chora-tadbirlar paketini keyingi yil boshiga qadar ovozga qo‘ymaydi, deb xabar bermoqda Reuters.

Foto: AP Photo
“Dekabr va yanvar oylaridagi ta’til paytida muzokarachilarimiz juda puxta ish olib boradi, maqsadimiz — ishga qaytishimiz bilanoq biror chora ko‘rish”, — dedi Senatdagi Demokratik partiya rahbari Chak Shumer jurnalistlarga.

Yil oxirigacha kelishuvga erishilmasligi haqidagi maʼlumotni respublikachi senator Jon Tyun ham tasdiqlagan.

Shu bilan birga, Senatdagi ikki partiya yetakchilari Chak Shumer va Mitch Makkonnell qo‘shma bayonotida muzokarachilar “rag‘batlantiruvchi” muvaffaqiyatga erishganini, biroq ular haligacha ba’zi “murakkab masalalarni hal eta olmaganini” ta’kidlagan.

Oktyabr oyida AQSH prezidenti Jo Bayden Kongressdan xavfsizlikni taʼminlash uchun qo‘shimcha 100 milliard dollar, jumladan, Ukrainaga yordam berish uchun 61 milliard dollar ajratishni so‘ragan edi. Xuddi shu qonun loyihasi Isroilga harbiy yordam va AQSHning janubiy chegarasida himoya inshootlarini qurish xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Oq uy bu masalalarni Kongressga alohida olib chiqishdan bosh tortdi.

Respublikachilar va Demokratik partiyalar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli qonun loyihasi haligacha kelishib olinmagan. Jumladan, respublikachilar qonun loyihasiga AQSH—Meksika chegarasida qo‘llash uchun qattiqroq chegara va immigratsiya choralarini kiritishni istamoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »