Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH tomonidan Ukraina uchun mo‘ljallangan yangi yordam paketi jang maydonidagi harbiylarning zarur ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan. Ammo Ukrainani uzluksiz qo‘llab-quvvatlash uchun Kongress Kiyevga qo‘shimcha yordam so‘rovini qabul qilishi kerak. Bu haqda AQSH Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbi ma’lum qildi.

Foto: CNN

U AQSH Kongress Ukraina va Isroilga yordam budjetini to‘xtatib qo‘yganiga bir oy bo‘lganiga qaramay, qanday qilib yangi yordam paketi ajratilayotgani to‘g‘risidagi savolga javob bergan.

Kirbining so‘zlariga ko‘ra, 20-noyabr kuni ajratilgan yordam paketi uchun prezident vakolati dasturi doirasida oldinroq ajratilgan mablag‘lardan foydalanilmoqda. Ammo uzoq muddatli budjetning qabul qilinmasligi AQSH imkoniyatlarini tobora kamaytirmoqda.

“Kongressni biz yuborgan qo‘shimcha so‘rovlarni qabul qilishga chaqiramiz. Uchish-qo‘nish yo‘lagi biz ko‘rsatayotgan har bir yordam paketidan keyin qisqarishni davom etmoqda”, — deydi Jon Kirbi.

Shuningdek, u AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin Ukraina rahbariyati bilan uchrashuvda AQSH mamlakatini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini aytganini ta’kidlagan. Kirbining aytishicha, kelgusi avlod uchun hozirdan qaror qabul qilish muhim.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »