Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

HAMAS rahbari o‘rinbosari Solih al-Aruriyning Bayrutda o‘ldirilishi ortidan Livan hukumati ehtimoliy qarshi hujumning oldini olish uchun “Hizbulloh” bilan aloqa o‘rnatmoqda. Bu haqda Livan mediasiga tayanib, Bild xabar berdi.

Foto: “Hizbulloh” jangchilari / WTWO

Livan tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Abdulloh Bu Habibning so‘zlariga ko‘ra, hukumat “Hizbulloh” jangchilarini javob qaytarmasliklari kerakligiga ishontirishga harakat qilmoqda.

Shu kungacha Solih al-Aruriy G‘azo sektorida urush boshlanganidan beri halok bo‘lgan eng yuqori martabali HAMAS amaldori hisoblanadi. HAMASning aytishicha, Bayrut chekkasida dron hujumi oqibatida yetti kishi, jumladan, islomiy guruhning qurolli qanotining ikki yetakchisi halok bo‘lgan.

HAMAS vakillari voqeada Isroil armiyasini aybladi, “Hizbulloh” esa qotillikka javob qaytarishga va’da berdi. “Hizbulloh”ni qo‘llab-quvvatlovchi Eron rasmiylari Solih al-Aruriyga qilingan hujum keskinlikni kuchaytirib, salbiy oqibatlarga olib kelishini bildirdi.

HAMAS Solih al-Aruriyning o‘ldirilishi ortidan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha Isroil bilan muzokaralar muzlatilganini e’lon qildi. Shuningdek, ular qotillikni “terrorchilik harakati” deb taʼriflab, buni Livan suverenitetini buzish, Isroilning falastinliklarga nisbatan dushmanligini kuchaytirish deb baholadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »