Mask insoniyatning eng katta muammosi nimaligini aytdi
Demografik inqiroz bugungi kunda insoniyatning eng katta muammosidir, dedi amerikalik tadbirkor Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida.
“Insoniyat oldida turgan eng katta muammo – demografik inqirozdir”, — deb izoh berdi Mask DogeDesigner nomi bilan joylashtirilgan bir necha mamlakatlarda tug‘ilishning rekord darajada pastligi haqidagi postga javoban.
DogeDesigner tomonidan sanab o‘tilgan mamlakatlar orasida Yaponiya, Singapur, Vyetnam, Italiya, Niderlandiya, Janubiy Koreya va Xitoy bor.
Avval Mask sun’iy intellekt sohasidagi tadqiqotlarni insoniyat uchun asosiy tahdidlar qatoriga kiritib, bunday tadqiqotlar cheklanishi kerakligini bir necha bor ta’kidlagan edi. Shuningdek, u kelayotgan 2024-yil avvalgilariga qaraganda “aqldan ozdiruvchi” bo‘lishini ta’kidladi.
2022-yilning noyabrida dunyo aholisi 8 milliard kishidan oshdi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, sayyoramiz aholisi 12 yil ichida 1 milliardga ko‘paygan. Prognozlarga ko‘ra, insoniyat 2030-yilga borib 8,5 milliardga, 2080-yilga borib esa eng yuqori cho‘qqi — 10,4 milliardga yetadi.
Shu bilan birga, BMT aholi sonining doimiy o‘sishiga qaramay, o‘sish sur’ati so‘nggi paytlarda sekinlashganini ta’kidladi. 2022-yildan 2050-yilgacha 60 dan ortiq mamlakatda “tug‘ilishning doimiy pastligi va ba’zi hollarda emigratsiya ko‘rsatkichlarining oshishi” tufayli aholi soni 1 foizga yoki undan ko‘proqqa qisqarishi kutilmoqda.