Ilon Mask Texasda universitet ochishni rejalashtirmoqda — Bloomberg
Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Ostinda (Texas shatati) universitet ochishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Bloomberg tadbirkorning The Foundation xayriya tashkiloti soliq deklaratsiyasiga tayanib.
Mask 2022-yil oktyabr oyida AQSH Ichki daromad xizmatiga ariza topshirgan va u 2023-yil martida ma’qullangan. Hujjatga ko‘ra, dastlab maktab ochiladi, unda ta’lim STEM tizimiga – tabiiy fanlar va muhandislik fanlarini yagona tizimda birlashtirgan model — yo‘naltiriladi.
Keyinchalik u tajribali o‘qituvchilarga ega universitetga aylanadi va an’anaviy o‘quv dasturini amaliy tarzda o‘rganish, jumladan simulyatsiya, amaliy tadqiqotlar va ishlab chiqarish yoki dizayn loyihalari bilan to‘ldiradi.
Ostinda Texas universitetining asosiy kampusi, yirik ilmiy tadqiqot markazi joylashgan.
Avval The Wall Street Journal Ilon Mask Ostin shahri yaqinidagi yangi sotib olingan yaylovlarda utopik shahar qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi.