Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namangan shahar Islom Karimov ko‘chasida 1-yanvar kechasi bir qator qoidabuzarliklarni sodir etgan Mercedes-Benz haydovchisiga chora ko‘rildi, deb xabar beradi IIV YHXX axborot xizmati.

Kadr: Telegram

Instagram’dagi profil egasi Mercedes-Benz rusumli avtomobilni Namangan shahri ko‘chasi bo‘ylab boshqarib, buni sahifasida jonli yoritib borgan. U avtomobilni boshqarib borarkan, qatorasiga bir nechta yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan. Xususan:

  • tusi o‘zgartirilgan transport vositasidan foydalanib, Yo‘l harakati qoidalarining 7.4-bandida ko‘rsatilgan qoidabuzarlikni sodir etgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126-moddasi;
  • harakat vaqtida uyali aloqa vositasidan foydalanib, Yo‘l harakati qoidalarining 12-bandida ko‘rsatilgan qoidabuzarlikni sodir etgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-1-moddasi;
  • svetoforning qizil ishorasiga bo‘ysunmay, Yo‘l harakati qoidalarining 31-bandida ko‘rsatilgan qoidabuzarlikni sodir etgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-4-moddasi;
  • yo‘l harakati qoidalarining 11-bandini buzib, avariya holatini keltirib chiqargani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi;
  • yo‘l harakati qoidalarining 179-bandini buzib, avtomobil davlat raqami belgisini o‘zboshimchalik bilan yechib olgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi;
  • tegishli hujjatlarsiz transport vositasini boshqarib, Yo‘l harakati qoidalarining 7-bandini buzgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

“Mashinani haydash uchun egasidan vaqtinchalik so‘rab turganmiz. Shu sababli mashinada ozgina sinov o‘tkazdik, bu o‘zimga va yon atrofimdagilarga juda xavfli narsa ekan. Yetarlicha xulosa chiqardim, O‘zbekiston va Namangan xalqidan uzr so‘rayman”, — deydi 20 yoshli haydovchi.

Qoidabuzar haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Mercedes-Benz avtomobili jarima maydoniga joylashtirilgan.

Sentyabr oyida yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarini tahlil qilgan Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbitdin Burxonov yetti oy davomida sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida 1 115 kishi halok bo‘lgani, 4 ming 564 nafari turli tan jarohatlari olganini ma’lum qilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »